BATASH
BATASH, Botosh — o’zbek qabilalaridan biri. Batashlar 18 — 19-asrlarda Buxoro xonligining siyosiy hayotida muhim rol o’ynagan. V. Radlovning yozishicha, mang’itlar sulolasidan bo’lgan Buxoro xoni taxtga o’tirar ekan, uni 4 qabila vakillari kigizga o’tqazib 4 tomonidan ko’targanlar. Bu qabilalar — ming, Allot (arlot), bahrin va Batash bo’lgan. 19-asrning 70-yillarida Qashqadaryo viloyatida 5 ming Batash bo’lgan. Batashlar o’troq holda Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida ham yashagan. Batash o’zbek millati tarkibiga kirgan.