BATIAL

BATIAL (Yunoncha bathys — chuqur), batial zona — dunyo okeanining sublitoral va abissal (chuqur) qismlari oraligidagi zona (chuqurligi 200 metrdan 3000 metrgacha). Geomorfologik jihatdan materik yon bag’ri zonasiga to’g’ri keladi. Okean maydonining 1/5 qismini Batial eg’allaydi. Batialda okean tubi relefi juda notekis; suv temperaturasi va sho’rligi yil davomida deyarli o’zgarmaydi. Chuqur suv ostida yashashga moslashgan baliqlar, mollyuskalar va boshqa jonivorlar uchraydi. Organizmlar orasida hayvonlar ko’proq. Yorug’lik kam bo’lganidan o’simlik juda oz.