BATIAL YOTQIZIQLAR
BATIAL YOTQIZIQLAR – dengiz va okean cho’kindilari. Materik yon bag’ri yoki shelf zonasida yig’iladi. Batial yotqiziqlar 200 — 3000 metr chuqurlikda uchraydi. Batial yotqiziqlar dunyo okeani maydonining qariyb 20% ini qoplagan. Asosan quruklikdan keltirilgan terrigen yotqiziqlardan hosil bo’ladi. Ko’k, yashil, qizil yoki kulrang vulkan va ohaktosh gillaridan, chuqur suv osti qumi, ba’zan shag’aldan iborat.