BATIST
BATIST (Fransuzcha batiste) — juda ingichka pishitilgan ipdan polotnoli urilishda to’qilgan gazlama. Zig’ir yoki paxta tolasidan olinadigan iplardan to’qiladi. Oq yoki har xil och rangda bo’ladi. Batistdan yozgi ko’ylak, ich kiyim, choyshab, yostiq jildlari va boshqa buyumlar tiqiladi.