BATNA

BATNA — Jazoirning shimoli- sharqidagi shahar, Batna viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 182 ming kishi (1987). Savdo-sanoat markazi. To’qimachilik fabrikasi, teri oshlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shaharga 1844 yil asos solingan. Shahar yaqinida qadimgi Rim davriga oid Timgad shahri xarobalari saqlangan.