BATTERFLYAY

BATTERFLYAY (inglizcha butterfly, aynan — kapalak) — sportcha suvda suzish usuli, bunda suvda ko’krakda turgan holda qo’llarni baravar aylanma shaklda harakatlantirib suziladi, oyoqlar brass usulidagidek harakatlantiriladi. 1934 yilda paydo bo’lgan. 1952 yilgacha brassning bir turi hisoblangan. 1953 yildan xalqaro havaskorlik suvda suzish federatsiyasi (FINA) qaroriga ko’ra mustaqil sport turiga aylangan. Shu yildan Batterflyayning takomillashtirilgan ko’rinishi — «delfin» paydo bo’ladi. Olimpiya o’yinlari dasturiga 100 metr (1968 yildan — erkaklar, 1956 yildan — ayollar o’rtasida) va 200 metr (1956 yildan — erkaklar, 1968 yildan — ayollar o’rtasida) masofaga suzish kiritilgan.