BATUN PIYOZI
BATUN PIYOZI (Allium fistulosum L.) — ko’p yillik sabzavot ekini. Bosh piyoz hosil qilmaydigan, asosan, barrasi (bargi) uchun ekiladigan piyoz turi. Vatani Xitoy va Mongoliya. Bir joyda 3-4 yil o’sadi. Bargi 25 — 30 santimetrga yetganda yig’ishtirib olinadi. Hosiddorligi 300 tsentner/gektar. Tarkibida S vitamini ko’p. Ko’k holida iste’mol etiladi. Urug’i va bachkidan ko’paytiriladi. O’zbekistonda barra piyoz sifatida ekiladi.