BAXIYEV AMIN
BAXIYEV AMIN (1937.15.5, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Kegeyli tumani) — geobotanik, ekolog olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000). Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi. Biologiya fanlari doktori (1981), Qoraqalpog’iston davlat pedagogika institutini tugatgan (1961). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston filiali botanika sektorining mudiri (1972 — 83), filial Prezidiumi raisining ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari (1984 yildan), ayni vaqtda geobotanika laboratoriya mudiri, tabiiy fanlar kompleks instituti direktori (1991 yildan). Baxiyev Amudaryoning quyi qismidagi o’simliklar qoplamini o’rgangan va hamkorliktsa geobotanik xaritalar tuzish usullarini ishlab chiqqan (shu asosda «Amudaryo quyi qismining hozirgi o’simliklar qoplami» nomli xarita tuzilgan). Ilmiy faoliyati Orol dengizi atrofidagi o’simliklar qoplamini saklab qolish hamda dengizning qurishi bilan bog’liq muammolarni bartaraf etishga bag’ishlangan.