BAXMALSOY

BAXMALSOY — Jizzax viloyati G’allaorol tumanidagi soy. Turkiston tizmasining shimol yon bag’ridan boshlanadi, Jiloycha qishlog’i yonida Ko’kjarsoy (Sangzorning o’ng irmog’i) ga quyiladi. Uzunligi 10 kilometr. Vodiysi tor. Baxmalsoy asosan buloq yomg’ir va qor suvlaridan to’yinadi. Bahorda sersuv, yozda ba’zan quriydi. Baxmalsoy vodiysidagi Ko’kjar qishlog’ida pansionat bor.