BAXYA

BAXYA (forscha) — to’g’ri chok: 1) rangli yo’g’on (paxta yoki ipak) ipdan tiqilgan chok. Mahsi, etik, tufli va boshqa buyumlarga tiqiladi; 2) kiyim-kechakning to’g’ri chok bilan bostirilgan qirg’og’i, cheti; 3) chevarlikda keng tarqalgan va asosiy chok. Tayyorlanayotgan buyumlarning barcha asosiy qismlarini biriktirib tikishda qo’llaniladi; 4) me’morlikda g’isht terish va boshqada hosil bo’ladigan chok.