BAYER ADOLF

BAYER ADOLF (1835.31.10, Berlin -1917.20.8, Shtarnberg) — nemis kimyogari. Peterburg Faning xorijiy muxbir a’zosi (1892). Bo’eqlar va asiklik birikmalar sintezi asoschilaridan biri. 1883 yilda indigoni to’liq sintez qilib, uning tuzilishini aniqladi. Tsistransizomeriya tushunchasini amaliyotga tadbiq etdi. Pirrol va piridin asoslarini, siydik kislota guruhi birikmalarini o’rgandi, kondensatsiya reaktsiyalarini tadqiq qildi. Bayerning atsetilen, aromatik va alisiklik uglevodorodlar sohasidagi tadqiqotlari kuchlanishlar nazariyasining kashf etilishiga olib keldi. Nobel mukofoti laureati (1905).