BAYIR

BAYIR, Boyir — qumli cho’llarda shamol ta’sirida paydo bo’lgan botiq joylar. Bayirda kichik chuqurliklar bilan birga qator qum tepalari ham bo’ladi. Qrimda, Turkmanistonda tog’oldi balandliklari c deb yuritiladi. Ustyurt va Manqishloqda usti yassi tepa, qirlar ham Bayir deyiladi.