BAYKAL TIZMASI
BAYKAL TIZMASI – Baykal ko’lining shimoliy-g’arbiy sohilidagi tog’ tizmasi. Uzunligi qariyb 300 kilometr, eng baland nuqtasi 2572 metr (Cherskiy tog’i). Baykal tizmasi qadimgi kristalli jinslardan tarkib topgan. Baykal tizmasining g’arbiy yon bag’ri (1200 — 1400 metrgacha) tilog’och taygasi bilan, Sharqiy yon bag’ri siyrak o’rmon bilan, 1000 — 1600 metr balandlikkacha o’rmonli dasht, qarag’ay va tilog’och o’rmonlari bilan qoplangan. O’rmonlardan yuqorida lakana butalar, so’ngra qurumlar boshlanadi.