BAYONQULIXON MAQBARASI
BAYONQULIXON MAQBARASI – O’rta Osiyo me’morligi noyob namunasi (14-asr o’rtasi). Buxorodagi shayxul olam Sayfiddin Boharziy qabri yaqinida Chig’atoy ulusi xoni Bayonqulixon qabri ustiga qurilgan. Maqbara binosi mo’jaz va serhasham. Ayniqsa peshtoqi mayda va nafis naqshga, sirkor bezaklarga boy. Ichkarisi gumbazli, sirkor bezakli ziyoratxona va kichik go’rxonadan iborat. Ular lojuvard, Feruza, oq rangli, islimiy va girih naqshli o’ymakor spool parchinlari bilan ishlangan. O’rta Osiyo maqbaralaridagi mana shunday rangdor manzarali bezak uslubi Shohizinda ansambli (Samarqand)da yanada rivoj topgan. Bayonqulixon maqbarasi Amir Temur davri me’morligining ilk namunalaridan hisoblanadi.