BAYOT, BAYOTLAR
BAYOT, BAYOTLAR — qadimgi o’g’uz qabilalaridan biri. Turkman tili lahjasida so’zlashgan. 9 — 10-asrlarda qay qabilasi bilan birga Dashti Qipchoqda yirik o’g’uz qabilalari Ittifoqiga bosh bo’lgan. 16-asr boshida shimoliy Turkman qabilalari tazyiqi ostida Bayotning katta guruhi Sharqiy Xurosondan Amudaryoning o’rta oqimi atroflari va Qorako’l vohasiga (Buxoroning g’arbida) ko’chib kelishgan. 20-asrda turkman, Ozarbayjon, o’zbek xalqlari tarkibiga kirgan. 1920 yilda O’zbekistonda (Qorako’l tumani va Buxoro atroflarida) 1460, 1924 yilda Turkmanistonda 10,5 ming Bayot ro’yxatga olingan.