BAYSEITOVA KULASH

BAYSEITOVA KULASH (Gulbahrom) (1912.19.4 (2.5) – Olmaota – 1957.6.6) — qozoq opera xonandasi (lirikkoloraturali soprano). Toshkent davlat konservatoriyasida ta’lim olgan. Qozoq drama teatri (1930 — 34), musiqali teatr (1934 — 37), qozoq opera va balet teatri (1937 yildan) da ishlagan. Kizjibek («Qizjibek»), Xadicha («Jalbir»), Akjunus («Er Targin»), Ajar («Abay»), Sora («Birjon va Sora») va boshqa partiyalarning birinchi ijrochisi. Birinchi bo’lib qozoq opera sahnasida mumtoz opera qahramonlarini (Tatyana, «Yevgeniy Onegin», Chiochiosan, «Madam Baterflyay») yaratgan.