BAZAL KONGLOMERAT
BAZAL KONGLOMERAT (geologiya) -dengiz transgressiyasi (quruqlikning dengiz suvi bosishi) natijasida hosil bo’lgan cho’kindi tog’ jinslarining ostki qismida uchraydigan tsementlashgan shag’al. Tarkibida qum, loy, temir oksidi yoki kremniy bo’ladi. Bazal konglomerat yordamida turli davr qatlamlari bir-biridan yosh jihatidan farqlanadi.