Bazalt tolali materiallar
Bazalt tolali materiallar – bazalt tolalari asosida issiqlik va ovoz o’tkazmaydigan xususiyatga ega bo’lgan keng turdagi materiallar olinadi. Bunday materiallarga o’ta ingichka va ingichka tolalardan yasalgan tolalar (ular asosida iplar, matolar, kompozit materiallar), plita va kartonlar kiradi. Bazalt tolali materiallar kimyoviy jihatdan inert va barcha qurilish materiallariga mos keladi, korroziv moddalarni o’z ichiga olmaydi, biologik jihatdan chidamli (hidining yo’qligi zararkunandalarning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi), deformatsiyaga deyarli uchramaydi, ko’p yillar davomida o’z xususiyatini saqlab qoladi.