BAZOFILIYA
BAZOFILIYA (bazis va Yunoncha phileo-muhabbat, sevish) — 1) hujayra strukturasining ishqoriy bo’eqlar (masalan, gematoksilin, azur, safranin va boshqalar) bilan bo’yalish xossasi. Bazofiliya odatda hujayra tsitoplazmasidagi komponentlar, asosan ribonuklein kislota (RNK) ning kislotalik xususiyatlariga bog’liq bo’lib, kam differentsiallangan, tez o’sayotgan va zo’r berib oqsil sintez qilayotgan hujayralarga (ayniqsa o’sma hujayralariga) xosdir; 2) periferik qonda bazofillar sonining ko’payib ketishi shaklidagi leykositoz.