BEATRIKS VILGELMINA ARMGARD
BEATRIKS VILGELMINA ARMGARD (1938.31.1) — Niderlandiya qirolichasi. Qirolicha Yuliana bilan Shahzoda Bernardning qizi. Niderlandiyaning Leyden shahridagi universitetda nazariy va amaliy jamiyatshunoslikni, iqtisodiyot, davlat huquqini o’rgangan. Yuridik fanlari doktori. Qirolicha Yuliana taxtdan voz kechgach, 1980 yil 30 aprelda taxtga o’tirgan.