Bedlend

Bedlend (inglizcha bedlend— buzuq, yer, yaroqsiz yer) – eroziya natijasida tik yonbag`irli jar va daralar bilan juda o`yilib ketganligi sababli xo`jalikda (ayniqsa, qishloq xo`jaligida) foydalanish noqulay bo`lgan yerlar. Bendlend yo`llar o`tkazish va texnikadan foydalanishda ham noqulay. Bunday yerlar Shimoliy Amerikaning g`arbiy qismidagi tog` etaklarida, O`rta Osiyo va Kavkazda tarqalgan.