BEK

BEK (beg, Bey) (turkiycha — hukmdor, janob; sinonimi — Amir) — 1) qadimgi turkiy xalqlarda xon xizmatidagi alohida harbiy qism vakillari. Ular katta imtiyozlarga ega bo’lib, oliy harbiy zodagonlar tabaqasini tashkil qilgan. 2) Movarounnahr xonliklarida davlat arboblarining bolalari va yaqin qarindoshlariga, zodagonlarga berilgan faxriy unvon. Bek bolalari «bekzodalar» deb atalib, ular yoshlik chog’idanoq maxsus tarbiyachilardan harbiy. siyosiy ta’lim olganlar. Ular kelgusida mamlakatni idora qilish, dushman hujumini qaytarish, el-ulus taraqqiyoti yo’lida sa’yi harakat qilish ruhida tarbiyalangan; 3) Zakavkaze turkiy xalqlarida o’rta asrlar va yangi davrda yer egasi, mulkdor unvoni; 4) Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida o’rta asrlarda yer egalari unvoni; 5) Usmonli turk saltanatida viloyat (sanjoq) hokimi; 19 — 20-asrlarda Bek unvoni yuqori darajadagi turk zobitlari va amaldorlariga berilgan (1934 yil bekor qilingan); 19-asrning 2-yarmidan Bek — asosan murojaat shakli; 6) Eronning ayrim joylarida qabila boshliqlari unvoni; 7) Tunisda 1705 — 1957 yillarda valiaxd shahzodalarga berilgan unvon.