Benefitsiy
Benefitsiy (lotincha beneficium-ehson, yaxshilik)-1) ilk o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada qirol yoki yirik feodal tomonidan vassalga muayyan ishni bajarish, ko’pincha harbiy xizmatni o’tash sharti bilan umrbod in’om qilinadigan yer. VIII asrda Franklar davlatida paydo bo’lgan. Keyinchalik mulkiy meros-feodga aylangan; 2) katolik cherkovida IX asrdan daromadli lavozim yoki ruhoniy tomonidan mukofot sifatida olingan yer mulki.