BEREZINA
BEREZINA — Belorussiyadagi daryo, Dneprning o’ng irmog’i. Uzunligi 613 kilometr, havzasining maydoni 24,5 ming kilometr kvadrat. Berezina suv sistemasiga kiradi (Dnepr va G’arbiy Dvina havzalarini birlashtiradi). O’rtacha suv sarfi 145 metr/sekund. 505 kilometr masofada kema qatnaydi. Sohilida Borisov, Bobruysk shaharlari joylashgan. 1812 yil noyabrda Napoleon I ning armiyasi Berezinani kechib o’tgan. Berezina sohillarida 1920 yil, 1941 yil va 1944 yillarda qattiq janglar bo’lgan.