BEREZINA QO’RIQXONASI

BEREZINA QO’RIQXONASI — Belorussiyaning Vitebsk va Minsk viloyatlaridagi qo’riqxona. Berezina daryosi havzasining yuqori oqimida. 1925 yilda tashkil etilgan. Maydoni 76201 gektar. Ko’l va botqoqliklardan iborat. Qarag’ay, qandag’och va qoraqarag’ay o’rmonlari bor. Qunduz, bobr, los, qobon yashaydi. 1979 yildan biosfera qo’riqxonasi.