BEREZNIKI

BEREZNIKI (1933 yilgacha Usolesolikamskoe) — Rossiya Federatsiyasi Perm viloyatidagi shahar (1932 yildan). Kama suv ombori sohilidagi port. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 197,6 ming kishi (1999). Shahar yaqinida 17-asrdan ishga tushirilgan osh tuzi, kaliy va magniy tuz konlari bor. Kimyo sanoati markazi («Uralkaliy», «Soda», «Azot» ishlab chiqarish birlashmalari, kimyo zavodi va boshqalar), titanmagniy kombinati, elektrotexnika, metallsozlik, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari mavjud. Drama teatri, o’lkashunoslik muzeyi bor. 16 asrdayoq tuz olingan. 1883 yilda Rossiyada birinchi soda zavodi qurilgan.