BERILL
BERILL — halqasimon silikatlar kenja sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi AI2Be3(Si60ll(). Kristachlari olti qirrali prizmalar shaklida. Shishasimon yaltiroq. Rangi yashil, sarg’ishoq.. kulrang. Qattiqligi 7,5—8; Sof og’irligi 2,6—2,7. Berill pnevmatolitgidrotermal konlarda, pegmatit, greyzenlar bilan birga, kvarsli yertomirlar va boshqa joylarda uchraydi. Tarkibida xrom bo’lgan tinik, yashil Berill zumrad. rangsizi, pushtisi vorobevit; zangori moviy turi akvamarin, tillarangsarg’ishi geliodor deyiladi. Berillning zumrad va akvamarin, geliodor kabi turlari qimmatbaho tosh sifatida zargarlikda, rudalari metallurgiyada berilliy olishda, tuzlari sanoatning boshqa tarmoqlarida va tibbiyotda ishlatiladi. O’zbekiston, AQSh, Kolumbiya, Madagaskar, Ukrainada konlari topilgan.