BERILLIY QOTISHMALARI
BERILLIY QOTISHMALARI berilliyning turli metallar bilan hosil qilgan qotishmalari. Odatda, Berilliy qotishmalari tarkibida boshqa metallar ko’proq bo’ladi, lekin berilliy (Be) ularda ba’zi muhim xossalar paydo qiladi. Masalan, misning 2-2,5% Be bilan hosil qilgan qotishmalari (berilliy bronzalari) eng ko’p tarqalgan. Ular juda mustahkam va qayishqoq bo’ladi; alyuminiy ning Be bilan hosil qilgan qotishmalari rentgen nurlarini yaxshi o’tkazadi. Magniy qotishmalariga ozgina Be qo’shilsa, ularning korroziyaga chidamliligi sezilarli darajada ortadi. Ba’zi po’lat va cho’yanlarga Be qo’shilgasha ular ancha pishiqlashadi. Berilliy qotishmalari metallurgiyada, muhim prujinalar, elektr kontaktlari, soat mexanizmlari, kompas dstallari, yuqori temperatura va bosimda ishlaydigan shesternya, vtulka va podshipniklar tayerlashda keng qo’llaniladi.