Berk ko`llar
Berk ko`llar-suvi oqib chiqmaydigan ko`llar. Berk ko`l suvlari, asosan, bug`lanishga sarf bo`ladi va qisman yer ostiga sizib ketadi. Berk ko`llar Sharqiy Sibir va Yakutiyada, O`rta Osiyo va Qozog`istonda ko`p. Kaspiy va Orol dengizlari, Balxash, Lobnor, O`lik dengiz, Issiq ko`l va boshqa ko`llar berk ko`llardir. Qurg`oqchil iqlimli joylardagi berk ko`llarning suvi sho`r bo`ladi.