BERKLIY
BERKLIY, berkeliy (Berkelium), Bk — davriy sistemaning III guruhiga mansub radioaktiv element, sun’iy yo’l bilan olnngan aktinoidlaridan biri, atom raqami 97. Barqaror nzotoplari yo’q. Massa sonlar 240 251 (241 bundan istisno) bo’lgan 10 ta izotopi olingan. Uzoq yashaydigan izotoplardan 247vk ning yarim yemirilish davri T1-2 q 1380 yil; anurlanuvchi, 249vk ning yarim yemirilish davri 312-314 kun; (5 nurlanuvchi. Amerikalik olimlar tsiklotronda Amerisiy oksidi 24at,O3 ga apurlar tushirish yo’li bilan sintez qilgan (1949). Lantanoidlar qatorida lantandan keyin 8-o’rinda turadigan element Shvetsiyadagi Itter bilan shuning nomi bilan terbiy deb atalganidek, aktinoidlar qatorida aktiniydan keyin 8-o’rinda turadigan Berkliy ham AQSh dat Berkli shuning nomidan olib atalgan. Berkliy kumusheimon oqmetatl. Ikki modifikaniyada mavjud; polimorf o’zgarish temperaturasi 980° ga yaqin; suyuqlanish temperaturasi 1050° atrofida, qaynash temperaturasi 2630° atrofida; zichligi 14,8 gramm/santimetr kub. Berkliy juda ta’sirchan. Berkliy xossalari kam o’rgaiilgan. Berkliy izotoplari yadro fizikasi va radiokimyoda ilmiy tadqiqot ishlari uchun qo’llaniladi.