BERKQORA QABRISTONI
BERKQORA QABRISTONI — Qirg’iziston Respublikasi Talas vodiysining Berkqora tog’i oralig’ida joylashgan chorvador qabilalar qabristoni (miloddan avvalgi 3-asr—milodiy 1-asr), 1938-39 yillarda A. N. Bernshtam tekshirgan. Berkqora qabristoni ikkita Markaziy maqbaraga ega bo’lib, atrofi tosh fob bilan o’ralgan doira shaklidagi tepalikdan iborat. Yerto’laga o’xshash qabrlardan tosh idishlar, qurol-aslahalar, kumush va oltin bilan bezatilgan xilma-xil buyumlar: quloqli XHToyi piyolachalari, arelon surati solingan kamar, halqalar topilgan. Skiflar (miloddan avvalgi 3-asr) san’atiga xos buyumlar bor. Berkqora qabristoni maqbaralari patriarxal uruglar xilxonasini tashkil etadi.