BERNSHTEYN

BERNSHTEYN (Bernstein) Eduard (1850.6.1 Berlin 1932.18.2) Germaniya sotsial-demokratik partiyasining yetakchilaridan biri. Partiya markazin organi «sotsial-demokrat» gazetasining muharriri (1881-90). 90 yillar o’rtasidan marksizm bilan aloqasini uzdi, uning nazariy asoslarini eskirgan, deb keskin tanqid qildi. Kapitalizm inqirozi muqarrarlign, proletariat inqilobi va diktaturasi haqidagi Marks ta’limotini, ilmiy sosializm nazariyasini rad etdi. Bernshteyn ishchilar sinfi ishlab chiqarishni sotsialistik asosda uyushtirishning uddasidan chiqa olmaydi, sinfiy kurash esa susaya boradi. Rossiyada oktyabr to’ntarishidan keyin lemipizmga va sotsializm qurilishiga qarshi mafkuraviy kurash olib bordi.