BERNULLI TENGLAMASI
BERNULLI TENGLAMASI — gidrodinamikaning asosiy tenglamasi. Suyuqlik oqimi barqaror (stasionar) bo’lganda suyuqlikning oqish tezligi v bilan bosimi r orasidagi munosabatni ifodalaydi. Bernulli tenglamasiga ko’ra suyuqlik ko’ndalang kesimi o’zgaruvchan gorizontal quvurdan oqayotgan bo’lsa, quvurning tor joylarida suyuqlikning tezlign kattaroq, bosimi kichikroq va, aksincha, quvurning keng joylarida bosimi kattaroq, tezligi kichikroq bo’ladi. Bernulli tenglamasi gidravlika masalalarini yechishda, masalan, quvurning biror ko’ndalang kesimidan vaqt birligida oqib o’tayotgan suyuqlik (yoki siqilgan gaz) miqdorini hisoblashda ishlatiladi. Buning uchun Pito naychasi yordamida suyuqlikning bosimi aniqlanadi. Bernulli tenglamasining gidravlika va texnika, gidrodinamikada muhim ahamiyati bor. Hajm birligidagi suyuqlik energiyasining saqlanish qonunidan foydalanib D. Berpulli chiqargan (1738).