BERSELIUS

BERSELIUS (Berselius) yene Yakob (1779.20.8 Veversunda -1848.7.8, Stokgolm)—shved kimyogari va mineralogi. Upsal universiteti meditsina doktori (1802). Stokgolm universiteti professor (1807), Stokgolm Fanlar Akademiyasi a’zosi (1808), prezidenti (1810) va doimiy kotibi (1818 yildan). Atomizm nazariyasini tajribada asoslash, uni rivojlantirish va kimyoga tatbiq etishda Berseliusning xizmati katta bo’ldi. Oksidlarni analiz qilib, karrali nisbatlar qonuninn boyitdi. 1818 yil 46 element atom massasi kirgan jadvalini e’lon qildi. Berselius nazariy qarashlarining asosi kimyoviy yaqinlikning elektr tabiati haqidagi ta’limotdir. Berselius Gizinger bilan birgalikda barcha tuzlar kislota va asoslardan iborat degan xulosaga keladi. Ikkala olim turli minerallarni tekshirib, 1803 yil tseriyni, 1817 yyil selenni, 1828 yil toriyni ochishadi. Berselius 1824-25 yillarda erkin holdagi kremniy, titan, tantal va tsirkoniylarni birinchi bo’lib oldi. 1815 yil ba’zi bir organik kislotalarning formulalarini ko’rsatib berdi.