BESSEL YILI

BESSEL YILI — tropik yil. Quyoshning aberrasiya hisobga olingan o’rtacha uzunlamasi ropparaso 280° ga teng vaqtdan boshlab hisoblanadi va bu vaqt Yer yuzining biron bir ixtiyoriy nuqtasi uchun bir xil bo’ladi. Bessel yili davomiyligi tropik yil davomiyligi bilan barobar, ya’ni: T q 365, 24219879— 0,00000614 T ga teng. Bunda T—1900 yildan keyin o’tgan yuz yilliklar soni. Nemis astronomi F. V. Bessel nomi bilan atalgan.