BETA SPEKTROSKOPIYA

BETA SPEKTROSKOPIYA (bepektroskopiya) — yadrolarning beta yemirilishi va gammanurlarning ichki konversiyasi natijasida ajralib chiqqan elektron va pozitronlarning uzluksiz spektrlarini tekshirish. Yadrolarning betaspektroskopiyasi betaspektrometrlar yordamida tekshiriladi. Radioaktiv izotoplar spektrning o’rtacha energiyasi bilan ifodalanadi. Betaspektrlarni tekshirish radioaktiv yadrolarning yemirilish sxemasini aniqlashga yordam beradi. Radioaktiv yadrolarning flva unurlanishini tajribada tadqiq etish ishlari dunyoda keng ko’lamda olib boriladi. Unda turli xildagi magnit R spektrometrlar, uspektrometrlar, mos kelish qurilmalari, har xil korrelyasiyalarni o’rganishga mo’ljallangan qurilmalardan foydalanildi. Hozirgi kunga kelib yadro spektroskopiyasi atom yadrosining tadqiqotlariga bog’liq bo’lgan eng muhim ilmiy yo’nalishlar qatoriga kirdi. U ko’p yillar davomida mavjud bo’lishiga qaramay, keyingi 30 yilni uning haqiqiy tiklanish davri deyish mumkin. Buning asosiy sababi yangi texnikaning yaratilishi va, ayniqsa, yadro nurlanishini qayd qilish uslublarining takomillashishi va atom reaktorlari hamda zarralar tezlatgichlari sonining ortishidadir. Yadro nurlanishi spektrlarini o’rganish va yadro sathlarining xossalari, energiyalari va ular o’rtasidagi o’tishlar intensivliklari, sathlarning yashash vaqtlari, nurlanishning burchak va vaqt bo’yicha korrelyatsiyalariga oid tajriba ma’lumotlarini to’plash, yadrolarning sathlar sxemasi va yemirilish sxemalarini tuzish, yadro satxlarining joylashishi va xossalaridagi qonuniyatlarni nazariy tadqiq etish, sathdar spektrlariga oid tajriba natijalari asosida yadro tuzilishi haqida ma’lumotlar olish—bularning hammasi Beta spektrometrlarning vazifalari jumlasiga kiradi. Ad:. Solovev V. T., Teoriya slojnix yader, M, 1971; Bekjonov R. B., Modda tuzilishi, T., 1997.