BETARAFLIK
BETARAFLIK (neytrallik) — 1) ma’lum tomonlar, davlatlar tashkilotlar yoki subyektlar o’rtasidagi tortishuv, mojaro, ziddiyatlarga qarshi kurashishda aralashmaslik; 2) qurolli mojarolarga hamda harbiy–siyosiy ittifoqlarga ishtirok etishni inkor etuvchi davlatning alohida, huquqiy statusi va siyosati. Betarflikni tinchlik va harbiy davrlarda amalga oshirish mumkin. Turli xildagi betaraflik farqlari; ular: doimiy (Shveytsariya va Avstriya tomonidan xalqaro tartibda qabul qilingan) kelishilgan, an‘anaviy (uzoq vaqt davomida Shvetsiya tomonidan amal qilinib kelinayapti) ijobiy (harbiy, siyosiy ittifoqlarga qo’shilmaslik siyosatini olib borayotgan, mustaqil rivojlanayotgan davlatlarning paydo bo’lishi, munosabati bilan urushdan Keyingi yillarda keng quloch yoygan) qurolli betaraflik (harbiy kuch yordamida davlat o’z betarafligini himoya qilishga tayyor ekanligini e‘lon qiladi). Betarflik davlatga hujum qilingan holatlarda BMTning oxirgi nizomiga muvofiq davlat alohida yoki jamoa bo’lib o’z-o’zini himoya qilish huquqiga ega.