BEYSBOL

BEYSBOL (inglizcha baseball) — koptok va tayoqcha bilan o’ynaladigan sport o’yini, chillak o’yinini eslatadi. Har biri 9 (Shimoliy Amerika Beysbolida) yoki I (Uels Beysbolida) kishidan iborat 2 jamoa 175 x 125 metr kattalikdagi maydonda koptokni chillak bilan o’ynab, ustunlikka erishishga harakat etadi. Beysbol vatani — Angliya bo’lib, hozirgi o’yin qoidalari 1845 yildan beri amal qiladi. Xalqaro Beysbol Federatsiyasi 1921 yilda tashkil etilgan, unga 71 mamlakat a’zo (1991). Beysbol bo’yicha jahon chempionligi musobaqalari 1938 yildan buyon o’tkaziladi, 1992 yildan Olimpiya o’yinlari dasturiga kirdi.