BHARATA
BHARATA — qadimgi Hindistondagi oriylar qabilasi. Kuru qabilalar Ittifoqiga kirgan hamda panchallar bilan birlashib Hindistonda dastlabki yirik davlat barpo etganlar (taxminan miloddan avvalgi 7-asr). «Bharata avlodlari» Kauravlar va Pandavlar haqidagi rivoyatlar hind eposi «Mahabharata» asosini tashkil qilgan. Bharata hududining nomi — Bharatavarsha (Jamna va satlej daryolari oralig’i) nomi bilan qadimda ko’pincha butun Hindiston hududi tushunilgan. Hindiston Respublikasining hozirgi rasmiy nomi, hindi tilidagi Bharat mana shundan olingan.