BIDGOSHCH

BIDGOSHCH (Bydgoszcz) — Polshadagi shahar. Bidgoshch voevodaligining ma’muriy markazi. Visla daryosi bo’yidagi port. Aholisi 380 ming kishi (1990). Bidgoshch 1346 yilda bunyod etilgan. O’rta asr me’moriy yodgorliklari saqlanib qolgan. Boltiq dengizi portlariga chiqiladigan muhim temir yo’l tuguni. Bidgoshch orqali Varshava — Berlin temir yo’l o’tadi. Mashinasozlik, yog’ochsozlik, oziq-ovqat, kimyo, ko’n sanoati korxonalari mavjud. Teatr va muzeylar bor.