BIELA KOMETASI
BIELA KOMETASI — Chex astronomi V. Biela tomonidan 1826 yilda ochilgan kometa; u 1772 va 1806 yillari kuzatilgan kometalarning navbatdagi o’tishi ekanligi aniqlandi, 1832, 1846 va 1852 yillari ham ko’rindi va u 1846 yil ikki bo’lakka bo’lingani kuzatildi. 1852 yildan keyin Biela kometasi butunlay parchalanib ketdi, 1872 va 1885 yillari kometa qoldiqlari Yer bilan to’qnashdi va meteor yomg’irini hosil qildi.