BIGARADIYA
BIGARADIYA, achchiq apelsin, po’rtaxol (Citrus aurantium L.) — toshbaqatoldoshlar oilasiga mansub doim yashil o’simlik. Bigaradiyaning vatani — Janubiy Sharqiy Osiyo. Kavkazning Qora dengiz bo’yida tarqalgan. Bigaradiyaning guli yirik, oq, qo’sh jinsli. Mevasi dumaloq, uchi bir oz yassi, o’rtacha og’irligi 100 — 150 gramm, qobig’i qalin, g’adirbudur, och qizil, goyat xushbo’y, 10 — 20 pallalik, jigarrang, urug’i ko’p. Mevasi yeyishga yaramaydi, murabbo, kompot qilinadi. Bargidan turli efir moylari olinadi. Bigaradiya urug’i va qalamchasidan ko’paytiriladi. O’zbekistonda Bigaradiya apelsin, limon va mandarin kabi tsitrus o’simliklar uchun payvandtag sifatida ishlatiladi yoki manzarali daraxt sifatida tuvaklarda o’stiriladi.