BIKANER

BIKANER — Hindistonning shimoliy g’arbiy chekkasidagi shahar, Rajastxon shtatida, tar cho’lida. Aholisi 415 ming kishi (1991). Temir yo’l tuguni. Savdo markazi. Kimyo sanoati rivojlangan. Kichikroq elektrotexnika va mexanika korxonalari bor. Bikaner yaqinidan fosfor, asbest, gips olinadi. Hunarmandchilik rivojlangan: qo’lda gilam, jun ro’mol to’qiladi, kulolchilik buyumlari tayyorlanadi, fil suyagidan turli badiiy buyumlar yasaladi. Bikanerga 1488 yilda asos solingan.