Bikrost
Bikrost – eritib yopishtiriladigan o’ramli va gidroizolyatsion bitumli tom yopish materiali. Bikrost oksidlangan bitum asosidagi yuqori sifatli bog’lovchini chirimaydigan shisha tola (shishaxolst, shisha mato) yoki poliefir asosli polotnaning ikki tomoniga himoya qatlami sifatida sepish yo’li bilan olinadi. Uning ustki tomoni yirik donali sepma bilan qoplansa, pastki tomoni esa polimerli plyonka bilan qoplanadi. O’rnatish paytida rulon qizdirish uskunasi bilan isitiladi va asta-sekin tomga yoyiladi. Tomlarni qurish va ta’mirlashda hamda qurilish konstruksiyalarining gidroizolyatsiyasi sifatida ishlatiladi.