BILIRUBIN
BILIRUBIN — 1 LOT. bills o’t (safro) va ruber — qizil], C33H63O4N4 — o’t (safro)ning qizilsarg’ish pigmenti; molekulyar modda 584,68. Qo’ng’ir kristall modda. Gemoglobinning parchalanishidan vujudga keladi. Asosan jigarda ishlanib, o’t bilan ichakka, qisman qonga o’tib turadi. Biliverdinning fermentlar ta’sirida qaytarilishi yo’li bilan hosil bo’ladi. Umurtqali hayvonlar va odamning qon zardobida ozroq miqdorda Bilirubin bor. O’t yo’llarida o’t dimlanib qolganida va ba’zi jigar kasalliklarida qonda Bilirubin miqdori ortadi (sariqlik kuzatiladi) va siydikda Bilirubin bo’ladi. Shuning uchun qon va siydikdagi Bilirubin ni aniqlash kasallikka tashhis qo’yishda muhim ahamiyatga ega.