Bimetallizm

Bimetallizm (bi… va metal)-qiymat o’lchovi (qonunlashtirilgan umuman ekvivalent) vazifasini 2 nodir metal-oltin va kumush bajarilgan pul tizimi hamda shu ikki metalldan zarb qilingan tangalarning mamlakatda muomalada yurishi. Bimetallizm XVI-XIX asrlarda G’arbiy Yevropada keng tarqalgandi. Bimetallizm sharoiti qog’oz pullar emissiya muassasalari xohishi bilan yo oltinga, yo kumushga maydalangan, shuning uchun mamlakatning valyuta zaxirasi 2 metalldan iborat bo’lgan. Qo’qon, Buxoro va Xiva xonliklaridagi pul tizimi Bimetallizmdan ham murakkabroq bo’lib, muomalada 2 emas, balki 3 metall: oltin (“tilla”), kumush (“tanga”) va mis (“pul”) yurgan. Ularning qiymatlari o’rtasidagi nisbat iqtisodiy va siyosiy sabablar tufayli doimo o’zgarib turgan. Bu esa tovar-pul munosabatlarini juda qiyinlashtirgan. Zotan Bimetallizm ham, muomalada 3 metall yurishi ham pulning umumiy yagona muqobil sifatidagi tabiatiga zid edi. Taraqqiy etgan XIX asr oxirlariga kelib monometallizm (oltin)ga asoslangan pul tizimiga birin-ketin o’tdilar. XX asrning 60-yillari oxiridan, qog’oz pullarning oltin ta’minoti bekor qilinishi bilan, monometallizm ham o’z ahamiyatini yo’qotdi.