BINAFSHA
BINAFSHA (Viola), gunafsha — gunafshadoshlarga mansub, ko’p yillik o’tsimon o’simlik, ekiladigan gul. Binafsha Shimoliy yarim sharning o’rta mintaqalarida tarqalgan. 500 ga yaqin turi ma’lum. O’zbekistonda 14 ta yovvoyi, 3 madaniy turi o’stiriladi. Erta bahorda ochiladi. Poyasi yer bag’irlab o’sadi. Gullari yirik, to’q safsar, oq, sariq, havorang, xushbo’y hidli. Binafsha yer tanlamaydi, salqin joylarda, shuningdek qishda berk joylarda ham o’sadi. Asosan, urug’idan, ayrim turlari ildiz poyasini bo’lib ekish bilan ko’paytiriladi. Xushbo’y Binafsha (V. odarata) ning guli (0,04%) va bargi (0,05%)dan efir moyi olinadi. Binafshaning bu turi Qrimda ko’p ekiladi.