Biogeografiya

Biogeografiya — biotsenozlar va ularni tashkil etuvchi organizmlar: o`simliklar, hayvonlar hamda mikroorganizmlarning tabiiy sharoitga qarab tarqalish qonuniyatlarini o`rganuvchi fan. Yunoncha bios (hayot) va geografiya so`zlaridan olingan. Biogeografiya ikki mustaqil bo`limga – fitogeografiya yoki o`simliklar geografiyasi hamda zoogeografiya yoki hayvonlar- geografiyasiga bo`linadi.