BIOKO OROLI

BIOKO OROLI (Bioko) (1973 yilgacha Fernandopo, 1979 yilgacha Masiasngemabiyogo)—Atlantika okeanining Gvineya qo’ltig’idagi Orol, Afrika qirgoqlari yaqinida. Ekvatorial Gvineya provintsiyasi. Maydoni 2017 kilometr kvadrat. Aholisi 100 ming kishidan ortiq. Orol vulkan massivlarining qo’shilishidan paydo bo’lgan (balandligi 3008 metrgacha, Malabo tog’i). Doim yashil tog’ tropik o’rmonlar bilan qoplangan. Tikodesantaisabel qo’riqxonasi bor. Kakao, kofe plantasiyalari mavjud; maniok, yer yong’oq, shakarqamish yetishtiriladi. Orolda Ekvatorial Gvineya poytaxti—Malabo shahri joylashgan.