Biologik stansiyalar

Biologik stansiyalar – birоr katta hududning o’simlik va hayvonlarini tabiiy sharoitda har tomonlama о’rganish uchun tashkil qilingan ilmiy tadqiqot muassasalari. Bu tashkilotlar iqlimlashtirish, baliqchilik, cho’llar va tog’li hududlarni o’zlashtirish, tabiiy majmualarning biologik mahsuldorligini oshirish kabi masalalar bilan shug’ullanadi.